Orqaga
Calendar icon

Matematika kafedrasida ilmiy muhokama o‘tkazildi


Qo‘qon davlat universiteti Aniq fanlar va muhandislik fakultetida “Matematikaning zamonaviy muammolari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar rahbarlari PhD, dotsent D. Aroyev hamda PhD, dotsent X. Turakulov boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda universitet Matematika kafedrasi o‘qituvchisi Turdaliyev Sodiqjon Mo‘minjonovich “Bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusida ma’ruza qildi.

Seminar davomida mavzuning dolzarbligi, ilmiy va uslubiy yangiligi, ilgari amalga oshirilgan tadqiqotlardan asosiy farqlari, natijalarga erishishda qo‘llanilgan usullar hamda foydalanilgan adabiyotlar tahlil qilindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda chop etilgan ilmiy ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.