Orqaga
Calendar icon

Talabalar muammolari va tashabbuslari e’tibor markazida


Pedagogika va psixologiya fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi B. Xasanova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, psixologlar hamda tajribali ustozlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida talabalarni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish imkoniga ega bo‘ldilar. Mutasaddilar tomonidan ilgari surilgan takliflar o‘rganilib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga samarali yechim topish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.