Dissertatsiyalar muhokamasi oʻtkaziladi
Qoʻqon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda 2026-yil 30-mart kuni filologiya fanlari bo‘yicha quyidagi talabgorlarning dissertatsiya muhokamasi bo’lib oʻtishini ma’lum qilamiz:
1.Jumayeva Kamila Bobirovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bilingvizm sharoitida mental leksikonning tashkillanish va qo‘llanish xususiyatlari” mavzusidagi (8:30).
2. Sharipova Moxidil Shavkatjon qizining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Turli tizimli tillarda onomatopeik so‘zlarning semantik-struktur xususiyatlari va fonosemantik tahlili” mavzusidagi (10:30).
3. Sheraliyeva Nodiraxon Abduvoxid qizining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Gazeta diskursida gender muammosining til me’yorlariga ta’siri (lingvokulturologik tahlil)” mavzusidagi (soat 13:00)